Jahon | 17:34 / 21.03.2016
1358
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston parlamentiga uch partiya kiradigan bo‘ldi

Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi parlament quyi palatasiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalarini ma'lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

MSK rahbari Kuandik Turgankulovning ma'lum qilishicha, uch partiya: prezident boshchiligidagi “Nur Otan”, Qozog‘iston kommunistik partiyasi va “Ak jol” partiyalari 7 foizdan ko‘p ovoz olgan.
“Nur Otan” partiyasi saylovchilarning 82,15 foiz, “Ak jol” Qozog‘iston demokratik partiyasi 7,18 foiz, QKP esa 7,14 foiz ovozini olgan.
Qolgan partiyalar esa: “Auil” 2 foiz, Umummillat sotsial-demokratik partiyasi 1,18 foiz, “Birlik” partiyasi esa 0,29 foiz ovoz olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish