Jahon | 09:45 / 21.03.2016
1269
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamani Kubada hurmatsizlarcha kutib olishganini ma'lum qildi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning ma'lum qilishicha, Obamani Kubada hurmatsizlarcha kutib olishgan. U bu haqda o‘z tvitterida aytib o‘tgan.

“Prezident Obama yaqindagina Kubaga qo‘ndi, ammo Raul Kastro uni olqishlamadi ham. U Rim papasi va boshqalar bilan ham uchrashdi. Birortasida unga nisbatan hurmat zohirlanmadi”, — deb yozadi Tramp.

Kuba rahbari, boshqa davlat rahbarlarini qabul qilgani singari Barak Obamani aeroportda kutib olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish