Jamiyat | 14:17 / 21.03.2016
1470
1 daqiqa o‘qiladi

Videoxit: suv osti kemasi Arktikada muzni yorib yuzaga chiqdi

AQSh flotining suv osti kemasi Arktikada muz mashg‘ulotlari vaqtida muzni yorib yuzaga chiqdi. Yorilgan muz qalinligi yarim metrga yaqinni tashkil qildi.

Ushbu holat aks etgan videoda kema oppoq qor bilan qoplangan yuzadan sekin-asta chiqib kelayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu jarayon ilmiy tadqiqotlar yo‘lida, Arktikada kemaning imkoniyatlarini baholash va tekshirish doirasida amalga oshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish