Sport | 12:46 / 21.03.2016
1171
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan: “Real”ning maqsadi – “Atletiko”dan o‘tib, chempionatda 2-o‘rinni egallash

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z jamoasining Ispaniya chempionati 30-turida “Sevilya”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvidan juda mamnun ekanligini aytdi. Madridliklar o‘z maydonlarida andalus jamoasini 4:0 hisobida tor-mor etdilar.

“Men jamoamning xatti-harakatlaridan uchrashuvning birinchi daqiqasidan oxirgi daqiqasigacha mamnun qoldim. Men avval aytgandek, biz eng yaxshi mashg‘ulotlar haftasini o‘tkazdik, bu maydonda ham natijasini berdi. Biz mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Aytganimizdek, milliy chempionatdagi maqsadimiz – “Atletiko”ni ortda qoldirib, chempionatni 2-o‘rinda yakunlash. Biz bu maqsadimizga juda yaqin qoldik va ishlashda davom etishimiz kerak”, deb Zidan aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Marca nashri.

Ayni vaqtda “Real” “Barselona” va “Atletiko”dan mos ravishda 10 va 1 ochkoga ortda qolib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish