Jamiyat | 15:07 / 22.03.2016
1721
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xitoylik sayyohlarni taklif etadi

Xitoylik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ilgari suruvchi China Friendly Rossiya dasturi endi xalqaro bo‘ldi – unga Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sayyohlik agentliklari qo‘shiladi. Bu haqda loyihani ishlab chiqqan “Mir bez granits” sayyohlik assotsiatsiyasi matbuot xizmati Gazeta.ru saytiga xabar berdi

Yangi assotsiatsiyaning maqsadi xitoylik sayohatchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va shu orqali xitoylik sayyohlarni jalb etish.

Xitoydan dam oluvchilar oqimining ko‘payishida nafaqat turistik sektor, balki iqtisodiyotning o‘xshash sohalari ham manfaatdor. Hozir Rossiyaning China Friendly 36 loyihasida mehmonxonalar, turistik kompaniyalar, restoranlar, savdo markazlari va tomosha-namoyish obektlari ishtirok etadilar. Kompaniya taqdim etuvchi xizmatlar qator talablarga javob berishi lozim. Xususan, dasturning barcha qatnashchilari ma'lumotlarni xitoy tilida taqdim etishlari, ovqatlanish joylarida xitoy milliy taomlari va taomlanish tayoqchalarini taklif etishlari, dam oluvchilarga esa rozetkaga uchun adapterlar, choynaklar, shippak va xitoycha matbuot tarqatishlari lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish