Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:37 / 22.03.2016
1527
1 daqiqa o‘qiladi
Bryusseldagi aeroportda 2ta portlash sodir bo‘ldi
Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Zaventem aeroportida 2ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RTBF xabar tarqatgan.
Hozircha portlash sabablari aniqlanmagan.
Guvohlar kuchli portlash ovozini eshitishganini va bir qancha kishilar jarohat olganini ko‘rishganini aytib berishgan.
Qayd etilishicha, aeroportda evakuatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha reyslar bekor qilingan.
Ayni vaqtda hodisaning tafsilotlari o‘rganilmoqda.