Jahon | 17:16 / 23.03.2016
1084
1 daqiqa o‘qiladi

Bryussel aeroporti 24 martga qadar yopiq bo‘ladi

22 mart kuni ikkita portlash sodir bo‘lgan Bryussel aeroporti 24 martga qadar yopiq bo‘ladi.

Bryusseldagi teraktning taxminiy ijrochilari detanatorlarni qo‘lqoplarga berkitgan bo‘lishlari mumkin. Belgiya Mudofaa vazirligi vakilining ma'lumotiga ko‘ra, aeroportdagi kuzatuv kameralarida qayd etilgan fotosuratlardan ko‘rinadi-ki, ikki nafar taxminiy jinoyatchi bittadan qo‘lqop taqib olishgan. Aynan o‘sha qo‘lqoplar ostida detonatorlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Reuters.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish