Sport | 12:33 / 23.03.2016
1253
2 daqiqa o‘qiladi

Daily Mail: Messi «Barselona»dan ketsa, Gvardiola uchun «Manchester Siti»ga keladi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olish umididan voz kechmayapti.

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi agar argentinalik futbolchi «Kamp Nou»ni tark etishni istagan taqdirda u «shaharliklar»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xosepa Gvardiola taklifini qabul qilishiga ishonchi komil bo‘lib turibdi.

Qayd qilinishicha, Messining «Siti»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan holatda uning sobiq ustozi Gvardiola bosh sababchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, Kataloniyada birga faoliyat olib borgan va hozirda «Siti»da ishlayotgan Ferran Soriano va Chiki Begiristayn bilan Messining aloqalari juda yaxshi.

Gazetaga ko‘ra, «Siti» futbolchi bilan shartnoma imzolash juda qiyinligini yaxshi bilib turibdi, biroq futbolchining Ispaniyada soliqlar bilan bog‘liq muammolarga ko‘p duch kelayotgani bu ishni amalga oshishiga sabab bo‘lishidan umid qilishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish