Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» yozda Xitoyda 2ta o‘yin o‘tkazadi
Yozda «Manchester Yunayted» jamoasi mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarining bir qismini o‘tash uchun Xitoyga yo‘l oladi.
Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, manchesterliklar jamoasi Xitoyda 8 kun davomida bo‘ladi va 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. «MYu» jamoasi qarshi o‘sha kunlarda o‘yin o‘tkazadigan jamoalar nomi yaqin vaqtda ma'lum qilinadi.
«Manchester Yunayted» Xitoy bilan tarixiy aloqalarga ega va biz u yerda juda ko‘p muxlislarga ega ekanimizdan faxrlanamiz.
Xitoyga avvalgi turnelarimiz vaqtida o‘tkazgan o‘yinlarimizni tomosha qilish uchun 500 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgandi. Shuning uchun jamoamiz yoz kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda», — deydi klubning ijrochi direktori Ed Vudvord.