Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Argentinaga rasmiy tashrif uyushtirdi
AQSh prezidenti Barak Obama Argentinaga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
O‘z safari vaqtida AQSh rahbari argentinaliklar prezidenti Maurisio Makri bilan muloqot o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, safardan maqsad ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklash va savdo sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Obama 2 kun davomida Argentinada bo‘lishi rejalashtirilgan. Buenos-Ayresga amerikaliklar prezidenti o‘z rafiqasi Mishel Obama hamda qizlari Maliya va Sasha bilan birgalikda bordi.
21 mart kuni Obama Kubaga tashrif uyushtirgandi. U 88 yil davomida mazkur orol-davlatga kelgan AQShning birinchi amaldagi davlat rahbari bo‘ldi. AQSh 1961 yilda Kuba bilan diplomatik aloqalarni uzgan va savdo-iqtisodiy embargoni joriy etgandi.
Tashrif davomida Obamaning eski Gavana bo‘ylab sayr etishi, Kuba rahbari Raul Kastro, Gavana arxiyepiskopi, kardinal Xayme Ortega, shuningdek, mamlakat fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlari amalga oshirildi.
Obama: Men Fidel Kastro bilan uchrashishdan xursand bo‘laman
Raul Kastro Obamaga yelkasiga qoqib qo‘yishiga imkon bermadi