Jamiyat | 21:25 / 23.03.2016
2483
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar baxt qadri pulda emasligini isbotlashdi

Uzoq vaqt davom etgan yirik tadqiqotlar doirasida buyuk britaniyalik olimlar yuqori miqdordagi daromad insonni baxtli qila olmasligini aniqlashdi. Natijalar Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida chop etildi.

O‘n yil davomida tadqiqotchilar 140 ming nafar insonlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarni tahlil qilishdi. Olimlar Yevropaning yirik mamlakatlari – Germaniya va Angliya aholisi bo‘yicha ma'lumotlar to‘plashdi. Ishtirokchilar quyidagi savollarga javob berishdi: hayotingizning qaysi lahzasida o‘zingizni eng baxtli his etgansiz va uning moddiy boylik bilan aloqasi bo‘lganmi?

To‘plangan ma'lumotlarni o‘rganib chiqib, olimlar oylik maoshining ortishi kishini qisqa muddatgagina xursand qilishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, ular moliyaviy yetishmovchilik davrida odamlar salbiy hissiyotni boshdan o‘tkazishga moyildir. Ayrim ishtirokchilar esa, oylik maoshining qisqarishi asab tizimlariga qattiq ta'sir etgani, ular badjahl va tajovuzkor bo‘lib qolganliklarini aytib o‘tishdi.

Ammo shunga qaramay, odamlar “Sizni nima ko‘proq baxtli qiladi?” degan savolga ular har doimgidek “oila, do‘stlar va bolalar” deb javob berishdi.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish