Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antonio Konte: «Menga terma jamoada ko‘proq ish qilishimga va'da berishgandi»
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevro-2016dan keyin nima sababdan terma jamoadan ketishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Jurnalistlar mendan terma jamoa manfaati uchun adolatli bo‘lishim kerakligini so‘rashadi. Endi Italiya futbol federatsiyasi kelgusidagi rejalarini tuzishi mumkin, biz esa murabbiyning keyingi taqdiridan boxabar jamoa bilan Yevropa chempionatiga yo‘l olamiz.
Men o‘zimni xuddi matbuot so‘raganidek tutdim. Endi esa ba'zi odamlar shov-shuvli sarlavhalar uchun bu qarorimni salbiy tomonlarini qidirishga harakat qilmoqda.
Terma jamoadagi faoliyat — fantastik tajriba. Men Italiya terma jaoasi boshqaruvini qo‘lga olganimdan hech qachon afsuslanmaganman.
Men o‘zimni yetarli darajada band sifatida tasavvur eta olmadim. Menga bu yerda ko‘proq ish qilishimga va'da berishgandi, ammo unday bo‘lib chiqmadi. Shuning uchun biz kelgusi rejalarimizni alohida-alohida tuzadigan bo‘ldik. Jamoa uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Bu faoliyatimdagi dastlabki Yevropa chempionati sanaladi. Shu sababda o‘zimda juda katta mas'uliyat his qilmoqdaman. Iyunda butun Italiya bizni ortimizdan qo‘llab-quvvatlab turishadi. Bu terma jamoaga qo‘shimcha kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Biz maqsadlari bir bo‘lgan jamoa tashkil etdik, bu Yevro kabi turnirlar uchun juda muhim», — deya ta'kidladi Konte.
Avvalroq Kontening 2016 yil yozida Londonning «Chelsi» klubini qabul qilib olish ehtimoli borligi haqida xabar berilgan edi.
Antonio Kontedan so‘ng Italiya terma jamoasini, katta ehtimol bilan, Roberto Donadoni («Bolonya» bosh murabbiyi) qabul qilib oladi. Undan tashqari «Sassuolo» ustozi Eusebio di Franchesko ham da'vogarlar ro‘yxatida bor.
Konte 2014 yilning avgust oyidan buyon Italiya terma jamoasini boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida terma jamoa Yevro—2016 saralash «H» guruhida 1-o‘rinni yakunladi. Xorvatiya, Norvegiya, Bolgariya, Ozarbayjon, Malta kabi termalar o‘rin olgan guruhda Italiya 10 bellashuvning 7 tasida zafar quchdi va 3 ta o‘yinda durang o‘ynadi.
2016 yilning 10 iyun kuni Fransiyada start oladigan Yevro—2016 da Italiya terma jamoasi o‘z guruhida Belgiya, Shvetsiya va Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.