Jamiyat | 18:53 / 24.03.2016
4463
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddas Yelena orolida ilk bora 184 yoshli toshbaqani yuvishdi

Muqaddas Yelena oroli hukumati qarorgohida dunyodagi eng yoshi katta – 184 yoshli Jonatan ismli toshbaqani yuvintirishdi. Jarayonni Jo Xollins ismli veterinar amalga oshirdi. Mashable nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Britaniya qirollik oilasi vakillari keyinroq toshbaqa bilan uchrashishadi.

Jarayon tasviri tushirilgan video-rolik "St Helena Government"ning "YouTube"dagi kanalida joylashtirilgan. Video-rolik hozirgi kungacha uch ming marta tomosha qilingan.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish