Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:28 / 24.03.2016
1190
1 daqiqa o‘qiladi
TIVda Xitoy elchisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ShHT doirasidagi tadbirlar muhokama qilindi
2016 yilning 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilgan.
Muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi bo‘lajak O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlari nuqtai nazaridan hamkorlikning ayrim masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning ShHTga raisligi davrida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni ham muhokama qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish