Jamiyat | 16:27 / 25.03.2016
1491
1 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy rok-guruhi Kubada tekin konsert namoyish etadi

Britaniyaning The Rolling Stones rok-guruhi bugun – 25 mart kuni 400 ming tomoshabinga konsert berish uchun Havanaga yetib keldi.

"Guruhning Kubadagi ilk konserti Havana sport saroyida bo‘lib o‘tadi va mutlaqo tekin bo‘ladi", deb xabar beradi Reuters.

“Uzoq ijodiy faoliyatimiz davomida turli joylarda konsertlar berganmiz, lekin Havanadagi shou biz uchun katta ahamiyatga ega va umid qilamizki, kubalik do‘stlarimiz uchun ham”, - deyiladi rok-guruhning rasmiy murojaatida.

O‘tmishda Kubada guruh musiqasi taqiqlangani to‘g‘risidagi savolga jamoa solisti Mik Jagger: "Vaqt hamma narsani o‘zgartira oladi”, deb javob berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish