Jahon | 19:56 / 25.03.2016
3047
2 daqiqa o‘qiladi

Biologlar quruqlikda yura oladigan baliqni aniqlashdi

Nyu-Jyersi Texnologik universiteti olimlari quruqlikda o‘zining suzgichlaridan foydalangan holda yura oladigan baliq turini aniqlashdi. Ushbu tadqiqotning natijalari Scientific Reports jurnalida chop etildi.

Bruk Flemming boshchiligidagi amerikalik olimlar guruhi Tailandning shimolida yashovchi g‘or baliqlaridan biri – "g‘or farishtasi" deb nom olgan, Cryptotora thamicola baliq turi quruqlikda yura olishini aniqlashdi. Olimlarning aytishicha, baliq o‘zining ko‘kragi va qornidagi suzgichlaridan ham suvda, ham quruqlikda qoyalardan yuqoriga chiqishda foydalanadi. Uning yurishi salamandraning yurishini eslatib yuboradi.

Olimlarning qayd qilishicha, "suzgich-oyoqqa" ega baliqlar avval ham aniqlangan, biroq yangi baliq turidan farqli, ular faqatgina suv tubida yura olgan, suv esa ularning tanasini ushlab turgan. Cryptotora thamicola balig‘i ham oyquloqlari, ham o‘pka bilan nafas oluvchi ikki muhitda nafas oluvchi baliqlar turiga mansub bo‘lib, uning suzish pufagi atmosfera havosidan nafas olishga moslashgan va o‘pka vazifasini ham bajaradi.

Bu tadqiqot quruqlikdagi ilk hayvonlarning ularga yer bo‘ylab harakatlanishga imkon bergan oyoq-qo‘llari qanday qilib o‘zgarganini kelajakda tushunishga yordam beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish