Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:13 / 26.03.2016
1888
1 daqiqa o‘qiladi
Yengil motorli samolyot falokatida isroillik general halok bo‘ldi
Isroilning shimolida yengil motorli samolyot falokatga uchrashi oqibatida Isroilning brigada generali Munir Amar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Haaretz nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot qoyaga borib urilgan.
General Amar bir oy avval Iordan daryosining G‘arbiy sohili hududidagi fuqarolik ma'muriyati rahbari etib tayinlangandi.
47 yoshli generalning ortidan rafiqasi va 3 farzandi qoldi.