Jahon | 09:13 / 27.03.2016
1243
1 daqiqa o‘qiladi

"Aeroflot" kichik to‘xtashdan keyin Qozog‘istonga parvozlarni amalga oshira boshladi

Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi 26 mart kunining ikkinchi yarmida Qozog‘istonga to‘xtatilgan parvozlarni yana boshladi. Aviakompaniyaga parvozlar amalga oshirish uchun tegishli ruxsatni Qozog‘iston transport vazirligi fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi taqdim qildi.

"2016 yilning 27 martiga belgilangan reyslar avval chop etilgan rejaga ko‘ra amalga oshiriladi", deyilgan xabarda.

Qozog‘istonga parvozlarning to‘xtatilishiga Qozog‘iston tomonidan Rossiya aviakompaniyasiga yozgi jadval bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatning taqdim qilinmagani sabab bo‘lgan.

26 martda «Aeroflot» kunning ikkinchi yarmidan Qozog‘istonga barcha parvozlarni to‘xtatishini ma'lum qilgandi. Shu kuni Qozog‘istonning 6 ta shahariga parvozlar bekor qilindi.

"Yoz-2016" parvozlar jadvaliga ko‘ra 27 martdan 29 oktabrgacha Moskvadan Qozog‘istonning yetti shahariga va u yerlardan Moskvaga muntazam reyslar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish