Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:20 / 28.03.2016
2079
1 daqiqa o‘qiladi
Isroil o‘z fuqarolarini Turkiyani tark etishga chaqirdi
Isroil hukumati IShID jangarilarining terroristik hujumlari tufayli o‘z fuqarolarini Turkiyani tark etishga chorladi.
Isroilning terrorizm bilan kurashuvchi qo‘mitasi 28 mart kuni IShID va boshqa terroristik guruhlarning sayyohlarga hujum qilish ehtimoli yuqori ekanligini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Istanbul shahrida portlash sodir bo‘ldi. Shahar markazidagi Istiqlol ko‘chasida portlovchi modda harakatga keltirilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi turli tan jarohatlari oldi.