Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri yo‘llari yoppasiga asfaltlanadi
28 mart kuni Toshkent shahri hududidagi yo‘llar ta'minoti mavzusiga oid matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Toshkent shahar hokimi Usmonov Rahmonbek Jahongirovich hokimiyatning qaysi sohada aholi oldida qarzdor ekanini ma'lum qildi.
“Agar menga shu mazmunda savol bilan murojaat qilishsa, men hokimiyat aholi oldida yo‘l ta'minoti masalasida qarzdor, deb javob bergan bo‘lardim”.
Uning aytishicha, avvalroq bu savolga ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ahvoli deb javob bergan, lekin hozir liftlar ta'minoti borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Endi eng avvalgi o‘ringa yo‘llar ta'minoti masalasi chiqdi.
Hokimning tan olishicha, ta'mirtalab va harakatlanish noqulay bo‘lgan yo‘llar talaygina. Amalga oshirilishi boshlangan bu ulkan loyiha natijasida yo‘llarda sezilarli qulayliklar yaratiladi. Dalil sifatida, hokim yo‘llar ta'minoti bo‘yicha oxirgi besh yil ichida sarflangan mablag‘ miqdoridagi summa yaqin bir yil ichida yo‘llarni yaxshilashga sarflanadi.
Xususan, keng ko‘lamli asfaltlash ishlari olib boriladi.




Endi Toshkentda tramvay yurmaydi
Tramvay yo‘llari bilan birga uylari buziladigan odamlarga tovon puli to‘lanadi
Toshkent shahrining Olmazor tumaniga metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Otchoparda yo‘l usti yo‘laklari quriladi
Toshkent yo‘llaridan olib tashlanadigan tramvaylar xorijliklarga sotib yuboriladi