Texnologiya | 01:02 / 29.03.2016
1613
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik basketbol mobil o‘yinini o‘ynay oladigan robotni yaratdi

Brisbenlik (Avstraliya) Joshua Riddel Facebook Messenger dasturidagi basketbol mini-o‘yinini ko‘rib, shu o‘yinda ko‘proq ball yig‘moqchi bo‘ldi. Buning uchun u odam o‘rniga basketbol o‘ynay oladigan robotni yaratdi. Va robot hozirgacha 101 ballni to‘pladi!

Joshua Reddit saytida uning ixtirosi qanday ishlashi haqida tushuntirib berdi. O‘yin ishga tushirilgan smartfon ekraniga veb-kamera qaratilgan. Uning yordamida robot koptok va savat qayerda joylashganini ko‘radi. Bundan so‘ng, kompyuter savatning tezlashishini (10 balldan so‘ng u ekran bo‘ylab harakatlana boshlaydi) va bir yarim sekunddan keyin savat qayerda bo‘lishini bashorat qiladi. Robotning o‘zi esa Arduino platasiga ulangan bo‘lib, kompyuterdan motorlarni (ularning soni ikkita) qaysi burchakka burilishi haqidagi buyruqlarni oladi.

Quyidagi rolikda robot qanday qilib 81 ball yig‘ayotganini tomosha qilishingiz mumkin:

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish