Jahon | 15:22 / 29.03.2016
1016
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi jabrlandi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) turar-joy komplekida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh nafar odam aziyat chekkan. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib Reuters xabar beradi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.

Shunga qaramay, hukumat vakillari jabr ko‘rganlar haqida aniq ma'lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, BAAda Ajman One turar-joy kompleksining ikki binosida yong‘in chiqqan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish