Jahon | 11:30 / 29.03.2016
1732
1 daqiqa o‘qiladi
Noma'lum shaxs tomonidan garovga olingan Misr samolyoti Kiprga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Misr shimolidagi Aleksandriya shahridan mamlakat poytaxti Qohiraga uchishni amalga oshirayotgan EguptAir aviakompaniyasiga tegishli A-320 rusumli yo‘lovchi samolyoti noma'lum shaxs tomonidan garovga olingan. U qurollangan ekani aytilgan.
Reyter agentligining mahalliy manbalarga asoslanib xabar qilishicha, samolyot Kiprdagi Larnaqi aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyot bortida 81 kishi bo‘lgan.