Texnologiya | 16:54 / 29.03.2016
3401
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqinda sotuvga “Farosatli” guruch pishirish moslamasi chiqadi

Xiaomi xitoylik kompaniyasi guruch tayyorlash uchun mo‘ljallangan “aqlli” moslamani sotuvga chiqarishga shay turibdi. Bu haqda Tech Crunch xabar berdi.

Kompaniya shu paytga qadar suv va havo tozalagich, qon bosimini oson o‘lchash uchun monitor taqdim etgan. Lekin pishirilgan guruch hayotining ajralmas qismi bo‘lgan xitoyliklar uchun ushbu moslama ayni muddao bo‘ldi.


29 mart kuni Pekinda taqdim etilgan ushbu “guruchpishirgich”ni smartfonga ulash mumkin va u tayyorlanishi kerak bo‘lgan 200dan ortiq guruch naviga moslashish “qobiliyati”ga ega.

Moslamada guruchdan tashqari boshqa mahsulotlar, masalan, tort tayyorlash mumkin. Uning sotuvdagi narxi 150 dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish