Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada avtomobil faralari tekshirilmoqda
AQSh yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) ilk bora avtomobil tashqi yoritkichlarini sinovdan o‘tkazdi. Tun vaqtida o‘tkazilgan testda 31ta mashina qatnashgan. Ekspertlar ixtiyoriga jami 82 xil chiroqlar namunasi havola etilgan.
IIHS mutaxassislari, beshta holatda chiroqlarning yo‘lni yoritish darajasini aniqlashdi. Bunda uzoq va yaqinni yoritish xususiyatlari e'tibordan chetda qolmagan.
Maxsus uskuna vositada yoritqich chiroqlari taratayotgan yorug‘lik o‘lchanib, nazariy jihatdan eng yaxshi chiroq ko‘rsatkichiga taqqoslangan.

Shunday qilib, birinchi o‘rinni kompaktven Toyota Prius egalladi. Bunda, uning eng qimmat modifikatsiyasiga o‘rnatilgan uzoqni yoritishdan yaqinni yoritishga avtomatik tarzda o‘tuvchi nusxasi yuqori baholangan. Gibridning arzon modellarining chiroqlariga IIHS past ball qo‘ygan.
IIHS ma'lumotlariga ko‘ra, BMW 3-Series mashinalariga o‘rnatiladigan galogen chiroqlar sifati eng past deb baholangan. Umuman olganda, amerikalik ekspertlarning 3-Series diodli chiroqlaridan ham ko‘ngli to‘lmagan.

2015 yil oxirlarida, IIHS tomonidan o‘tkaziladigan krash testlarda yuqori ball olish uchun, bosh yoritkichlarda moslashuvchi chiroqlar bo‘lishi shart etib qo‘yilishi ma'lum qilingan edi. Bunday baholash tizimi, 2017 yildan boshlab amal qilishi kutilmoqda.