Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:13 / 31.03.2016
1521
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy banki yuan kursini 2016 yildagi maksimum darajaga mustahkamladi
Xitoy Xalq banki yuanning AQSh dollariga nisbatan kursini 6,4612 ga, ya'ni dekabr oyi o‘rtasidagi ko‘rsatkichga yetkazdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, yuan kursining 0,35 foizga oshirilishi 18 martdan beri jiddiy mustahkamlanishi bo‘ldi. Bundan avvalgi kurs bir dollarga 6,4841 yuanni tashkil qilgandi.
Avvalroq Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy yuanning barqaror darajasini ta'minlash maqsadida uning kursini aniqlash mexanizmini takomillashtirishini aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish