Jahon | 16:19 / 01.04.2016
2370
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi ko‘l tubida o‘pirilish holati qayd etildi

Xitoy janubidagi uncha katta bo‘lmagan ko‘lning o‘pirilishi natijasida, uning suvi va 25 tonna baliq yer tubiga g‘arq bo‘ldi.

New China TV telekanalining xabariga qaraganda, Yang ismli mahalliy fermer tonggi soat 4da, suv havzasining sathi pasayib borayotganini aniqlagan. Ertalabki 9larga borib esa, ko‘lning aksar suvi va undagi baliqlarini yer yutgan. Bu haqda telekanalga asoslanib, depo.ua xabar bergan.

Hozircha, o‘pqonning hosil bo‘lish sababi noma'lum. Ammo bunga yaqin oradagi kon faoliyati ta'sir qilgani aytilmoqda.

Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli 25 tonna tirik baliq yo‘qotilgan va 75 ming dollar miqdorida iqtisodiy zarar ko‘rilgan.