Jahon | 15:47 / 02.04.2016
1267
2 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Abdislom: Ukam xudkushlik belbog‘ini portlatishdan bosh tortgan edi

Parijdagi qo‘poruvchiliklarni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan Saloh Abdislom, o‘tgan yilnig noyabr oyida Fransiya poytaxtida sodir etilgan xunrezliklar davomida o‘ziga berilgan topshiriqni bajarmagan, ya'ni u o‘zini portlatmagan. Bu haqda BFMTV telekanaliga bergan intervyusida gumondorning akasi Muhammad Abdislom shunday guvohlik bergan

Akasining so‘zlariga ko‘ra, u ukasini ko‘rish uchun qamoqxonaga borganida, Saloh unga, agar portlovchi belbog‘ni portlatganida qurbonlar soni yanada ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Muhammadning qo‘shimcha qilishicha, Belgiyada hibsga olingan ukasi tergov jarayoni bilan hamkorlik qilish istagini va Fransiyaga ekstraditsiya qilinishini kutayotganini bildirgan.

Muhammad Abdislomning aytishicha, Saloh teraktlarni uyushtirmaganini ta'kidlagan. U faqatgina Parij voqealari kunida, unda haqiqatdan ham xudkushlik belbog‘i bo‘lganini tan olgan.

Bundan avval, 2015 yil 13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan xunrezliklarning bosh tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan Saloh Abdislom 10 kun ichida Belgiyadan Fransiyaga ekstraditsiya qilinishi haqida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish