Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Islom Karimovni yadro sinovlari to‘xtatilganining 25 yilligini nishonlashga taklif qildi
Qozog‘iston rahbari yadrosiz mintaqani yaratish haqidagi kelishuvni imzolagan davlatlar - O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarini Semipalatinsk yadroviy poligonining yopilishiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan uyushtirilgan marosimga taklif etdi. Bu haqda "Sputnik Uzbekistan" xabar bermoqda.
Markaziy Osiyoda yadrosiz mintaqa tashkil qilish g‘oyasi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan.
Nazarboyev sammit ishtirokchilari e'tiborini aynan 25 yil avval shu poligonning yopilganidan so‘ng Amerikaning Nevada shtati va XXR da sinovlarga chek qo‘yilganiga qaratdi.
Undan tashqari Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan birgalikda konferensiya o‘tkazish taklifi bilan chiqdi hamda sobiq Semipalatinsk yadroviy poligoni hududida yer va suv dezaktivatsiyasida tizimli xalqaro yordamning kengaytirilishi masalasini qo‘ydi.
Prezident Nursulton Nazarboyev Vashingtondagi Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi sessiyasida ishtirok etdi. Davlat rahbari shuningdek bu oddiy masala emasligini ta'kidladi, bunga G‘arbda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi birlamchi qabul qilinmasliginini sabab qilib ko‘rsatdi.
Shu bilan birga davlat rahbari bugungi kunda terroristlarning ommaviy qirg‘in qurollaridan bemalol foydalanayotganliklarini va bu dunyo mamlakatlari rahbarlaridan aniq qarorlar qabul qilinishini talab etishini ta'kidladi.