Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 08:27 / 02.04.2016
2279
1 daqiqa o‘qiladi
Petrobras rahbariyati 12 ming xodimini qisqartirmoqchi
Braziliyaning Petrobras neft kompaniyasi 12 mingga yaqin xodimini qisqartirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Kompaniyada ayni vaqtda bo‘shatilishi mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin xodim bor. Biz shunday ko‘lamdagi rejalarni mo‘ljallamoqdamiz, bu bilan bog‘liq xarajatlar 4,4 mlrd realga (1,2 mlrd dollar) baholanmoqda", deyildi kompaniyada.
Ta'kidlanishicha, bo‘shash to‘g‘risida ariza yozuvchilar kompaniyadan 56 ming dollardan 196 ming dollargacha kompensatsiya oladilar.