Jahon | 21:55 / 02.04.2016
1501
1 daqiqa o‘qiladi

Qodirov AQShni dunyodagi eng yovuz mamlakat deb atadi

Checheniston respublikasi rahbari lavozimini bajaruvchi Ramzan Qodirov RIA "Novosti"ga bergan intervyusida bugungi kundagi eng yovuz davlat – Amerika Qo‘shma Shtatlari degan fikrni bildirdi. 

Qaysi mamlakatni eng yovuz deb atash mumkinligi haqidagi savolga u "Men Amerika deb hisoblayman", degan javobni berdi.

Checheniston rahbari buni "so‘nggi yuz yil davomida ular 130 dan ortiq turli nizolarda qatnashganlar, 50 ta mamlakatga hujum qilganlar" deya izohladi.

"Bu borada (yovuzlikda) hech bir mamlakat ularga teng kelolmaydi", deb qo‘shib qo‘ydi Qodirov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish