Jahon | 09:20 / 03.04.2016
1043
1 daqiqa o‘qiladi

AirFrance yo‘lovchi samolyoti Qohirada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Amsterdam-Ar-Riyod reysi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan Fransiyaning AirFrance aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti Qohira aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, samolyot bortida 193 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Uchuvchilar Misr ustidan uchib ketayotganlarida samolyotda texnik nosozlik qayd qilganlaridan keyin qo‘nishga qaror qilishgan.

Samolyot Qohira xalqaro aeroportida beshikast qo‘ngan. Yo‘lovchilar va ekipaj a'zolaridan hech kim jarohat olmagan. Samolyot qo‘ngach, aeroport mutaxassislari laynerga texnik xizmat ko‘rsatishdi va barcha nosozliklarni bartaraf etishdi. Samolyotda qanday nosozlik yuz bergani ma'lum qilinmagan. 

Ayni vaqtda samolyot Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga parvozni davom ettirishi ma'lum bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish