Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlik tartibi buzilishini qoraladi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlik tartibi buzilishini qoraladi va bu muammoni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘linmasligini ta'kidladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
"Biz barcha tomonlarni vazminlik namoyish qilishga va tinchlik sulhiga qattiq amal qilishga chaqiramiz... Biz yana bir takrorlaymiz, ixtilofning harbiy yechimi yo‘q. Qorabog‘ muammosini tartibga solish bo‘yicha YeXHT Minsk guruhiga raislik qiluvchi davlatlaridan biri sifatida AQSh mustahkam va bahamjihat tinchlikka erishish uchun tomonlar bilan ishlash tarafdori", deb aytdi Kerri.