Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik figurachi Misha Ge jahon chempionatida 15-o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik figurachi Misha Ge 28 martdan 3 aprelgacha Bostonda bo‘lib o‘tgan muz ustida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida erkaklar orasidagi yakka bahslarda 15-o‘rinni egalladi.
Jahon chempionati g‘olibi ikkinchi marta ispaniyalik Xaver Fernandes bo‘ldi. Kumush medalni yaponiyalik figurachi Yudzuru Xanyu, bronzani esa xitoylik Tszin Boyan qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Misha Ge o‘tgan yili Shanxayda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 6-o‘rinni egallagandi. Bu natija sportchi o‘z faoliyatida jahon chempionatlarida erishgan eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lgandi.
Misha Ge muxlislar ovoz berishi natijalariga ko‘ra AQShning Spokane shahrida (Vashington shtati) 22-24 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Team Challenge Cup musobaqasida Osiyo jamoasiga kiritilishi mumkin. Yangi turnirning mukofotlar jamg‘armasi 617 ming dollarni tashkil qiladi.