Sport | 01:28 / 03.04.2016
1845
3 daqiqa o‘qiladi

"Real" Kataloniyada bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozondi (Video)

Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" o‘rtasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin kutilganidek, asabiy va keskin kurashlarga boy tarzda boshlandi. Birinchi bo‘limda "Real" va "Barselona" o‘z darvozari daxlsizligini saqlab qola olishdi va jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida maydon egalari burchak to‘pi ishlab olishdi. Rakitich uzatib bergan to‘pni Pike boshi bilan "Real" darvozasiga joylab qo‘ydi. Ammo, oradan olti daqiqa o‘tar-o‘tmas Marselo chap qanotdan xujum boshlab to‘pni Krossga tashladi. Toni to‘pni havolatib Benzemaga tashlab berdi. Fransiyalik futbolchi qaychi usulida Bravo darvozasini nishonga oldi va hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etdi. 85-daqiqada "Real" bir kishi kam bo‘lib "Barselona" darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Gol muallifi Ronaldu.

Ispaniya chempionati, 31-tur.
Barselona – Real Madrid 1:2
Gollar: Pike 56, - 1:0. Benzema 62, - 1:1. Ronaldu 85, - 1:2.
Ogohlantirishlar: Ramos 10, Karvaxal 18, Suares 27, Maskerano 29, Rakitich 58.
Chetlatish: Ramos 83.

Barselona: Bravo, Pike, Alvesh, Alba, Maskerano, Buskets, Rakitich, Inesta, Messi, Suarez, Neymar.

Real: Keylor Navas, Pepe, Ramos, Ronaldu, Kroos, Benzema, Beyl, Marselo, Kazemiro, Karvaxal, Modrich.

31-turda o‘tkazilgan qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:

Atletiko M – Betis – 5:1
Gollar: Torres, 37 (1:0); Grizmann, 42 (2:0); Xuanfran, 65 (3:0); Kastro, 79 (3:1); Grizmann, 81 (4:1); Teyye, 90+1 (5:1).

Las-Palmas – Valensiya – 2:1
Gollar: Rodrigo, 3 (0:1); Viyera, 50 (1:1, pen); Mustafi, 63 (2:1, avtogol).

Rayo Valekano – Xetafe (Xetafe) – 2:0
Goloar: Gerra, 15 (1:0); Fedor, 71 (2:0).
Chetlatish: Yoel, 15 (Rayo Valekano).

Selta – Deportivo
Gollar: Borxes, 21 (0:1). Nolito, 30 (1:1).

3 aprelda turdan o‘rin olgan quyidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi:

Atletik – Granada
Malaga – Espanol
Eybar – Vilyarreal
Sevilya – Real Sosedad

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish