O‘zbekiston | 12:46 / 04.04.2016
1336
1 daqiqa o‘qiladi

5 aprelda Buyuk Britaniya TIV rahbari o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

2016 yilning 5 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirining o‘rinbosari Tobias Ellvud O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, Tashqi ishlar vazirligida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida muzokaralar va boshqa bir qator uchrashuvlar o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish