Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada futbol muxlislari to‘qnashuvi vaqtida 1 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning «Korintians» va «Palmeyras» klublari muxlislari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuv natijasida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, voqea 3 aprel kuni San-Pauludagi Braziliya chempionati doirasidagi «Palmeyras» va «Korintians» (1:0) uchrashuv oldidan sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi ko‘kragidan o‘q yeyishi natijasida vafot etgan. Shu bilan birga u mazkur to‘qnashuvlarda ishtirok etmayotgan tasodifiy guvoh bo‘lgan.
San-Paulu mazkur to‘qnashuvlar natijasida uchtadan kam bo‘lmagan odam hibsga olingan.