Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:41 / 04.04.2016
1280
1 daqiqa o‘qiladi
Buyuk Britaniya TIV rahbari o‘rinbosari Tobias Ellvud O‘zbekistonga keladi
2016 yilning 5 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirining o‘rinbosari Tobias Ellvud O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, Tashqi ishlar vazirligida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida muzokaralar va boshqa bir qator uchrashuvlar o‘rin olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish