Jamiyat | 11:29 / 04.04.2016
2012
2 daqiqa o‘qiladi

Endi semizlik xavfini homiladorlikdayoq aniqlash mumkin

Amerikalik mediklar semizlikka moyillikni bola onaning qornida ekanidayoq tashxislash mumkinligini ma'lum qilishdi.

Olimlarning ilmiy izlanishlari 1 aprel kuni AQSh Endokrinologik jamiyati yig‘ilishida bayon etildi, deb xabar beradi RIA FederalPress.

Bolalarning semirib ketish xavfini TMI (tana massasi indeksi) orqali aniqlash mumkin. TVI tana vaznining (kilogrammda) tana uzunligi kvadratiga (metrda) nisbati bilan belgilanadi va ortiqcha vazn xavfi haqida ma'lumot olishga imkon yaratadi.

Normal TMI katta yoshdagi erkaklar uchun – 18,5 dan 24,99 gacha, ayollarda esa – 19 dan 24 gacha. 31 dan ortiq TMI semizlikning boshlanishidan darak beradi.

Tadqiqot mualliflari ikki yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan 480 nafar to‘ladan kelgan va 783 nafar ozg‘in bolalarni o‘rganib chiqdilar. Semizlikning og‘ir ko‘rinishidan aziyat chekadigan bolalar tana massasining indeksi homila hosil bo‘lganidan boshlab oltinchi oydan keyinoq normal bolalarnikidan farq qila boshlagan.

Olimlar avvallari ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning TMIni o‘lchashni tavsiya qilishmasdi. Endi esa bu o‘lchovni homila hosil bo‘lganining oltinchi oyidan boshlab amalga oshirishni maslahat berishadi. Olimlar shu yo‘l bilan semizlikning boshlang‘ich davrida oldini olish mumkinligiga umid qilmoqda.

“6, 12 yoki 18 oylikda 85 dan yuqori TMI bolalarda erta semizlikning belgisidir”, — ma'lum qildi Tsintsinati Bolalar shifoxonasi endokrinologik bo‘limi doktori Ellison Smigou.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish