Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan harbiy harakatlar kengaysa Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan oladi
Armaniston tan olinmaga Tog‘li Qorabog‘ respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olishi mumkin. RIA Novosti nashri yozishicha, mamlakat prezidenti Serj Sargsyan hududda harbiy harakatlar davom etsa, rasmiy Yerevan shunday yo‘l tutishini ma'lum qilgan.
Prezidentning ma'lum qilishicha, Armaniston TIV Qorabog‘ga harbiy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv tuzish jarayoniga kirishgan.
"Bu o‘rinda men shuni qayd etishim kerakki, avval ham aytganimdek, agar harbiy harakatlar davom ettirilsa, Armaniston respublikasi Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mustaqilligini tan oladi", deydi Sargsyan.
Bundan oldinroq, rasmiy Boku Yerevanga o‘t ochishni to‘xtatish shartlari haqidagi taklifini yo‘llagani ma'lum qilingandi.