Jamiyat | 18:24 / 04.04.2016
1366
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada halol go‘shtga talab ortib bormoqda

Yle nashrining xabar berishicha, mamlakatda musulmonlar soni ortib borayotganligi bois halol go‘shtga talab ortmoqda.

Zarur talablarga javob beruvchi go‘sht Finlyandiyaning o‘zida ham tayyorlana boshlandi, lekin mahsulotning aksar qismi avvalgidek chetdan keltirilmoqda.

Fin qonunlari va islom an'analrini uyg‘unlashtirish maqsadida molni so‘yish vaqtida qassobxona xodimi, veterinar-inspektor va musulmon qassob ishtirok etmoqda.

"Halol go‘shtga talab asosan qochqinlarni qabul qiluvchi tuman markazlaridagi do‘konlar va Fin Qizil Xoch tashkilotidan kelib tushmoqda", - dedi tadbirkor Harri Lyaxteyenmyaki.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish