Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh sanksiyalarini Leningrad qamali bilan solishtirdi
KXDR Davlat mudofaa qo‘mitasi vakilining ma'lum qilishicha, AQShning shimoliy koreyslarga qo‘llagan sanksiyalari keltirgan zararlar Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi Leningrad qamali oqibatlaridan kam emas.
"Hatto, dunyo tarixidagi eng shafqatsiz bo‘lgan Leningrad qamali va "sovuq urush" davridagi Karib havzasidagi inqiroz ham Koreya yarimorolidagi vaziyatdan yengilroq", deya uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Vakilning qo‘shimcha qilishicha, "AQSh va uning ittifoqchilari KXDRni buyuk davlatga aylanishga urinishi uchun bo‘g‘moqda".
Bundan oldinroq, KXDR hukumati fuqarolarni ochlik davriga tayyor turishga chaqirgandi.