Jahon | 18:17 / 04.04.2016
1265
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Asadning Kaddafiydan farqini aytdi

Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Suriya prezidenti Bashar Asadning intillegent va diplomatligini qayd etib, shu xususiyatlari bilan liviyaliklarning marhum yetakchisi Muammar Kaddafiydan farq qilishini aytib o‘tdi.

Uning fikricha Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn va Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafiyning asosiy xatolari ular hech kim bilan hisoblashishmagan.

"U (Kaddafi - tahririyat) eng qudratli odam edi. Barcha undan qo‘rqardi. U boshqalarning o‘sishiga ham yo‘l qo‘ymasdi", deydi Qodirov.

Uning aytishicha, Kaddafi urush boshlanishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi.

"Mana, Asadga qarang. U jangchi emas. U ko‘rinishidan ziyoli va diplomat kishi tasavvurini beradi. Menimcha, u o‘z o‘rnida qolsa kerak", deya qayd etadi u.

Bundan oldinroq, Qodirov Asadning taklifi bilan Suriyaga borishini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish