Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:54 / 04.04.2016
1343
1 daqiqa o‘qiladi
Qodirov Asadning mehmoni bo‘lishni rejalashtirmoqda
Checheniston rahbari lavozimini bajaruvchi Ramzon Qodirov prezident Bashar Asadning taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda Suriyaga borishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Asad meni ikki marta mehmonga taklif qildi… Shunchaki, tashrif uchun vaqt yetmayotgan edi. Borishni, albatta, xohlayman”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sentabrda Checheniston rahbarligi uchun o‘tadigan saylovlardan oldin amalga oshadi.
Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, u urushdan oldin bir marta Damashqda bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish