Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: O‘zbekiston jahonning eng kuchli armiyalari ro‘yxatida 48-o‘rinda
globalfirepower.com saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning eng kuchli armiyalari reytingida 54-o‘rindan 48-o‘ringa ko‘tarilgan.
Tadqiqotda dunyoning 126 mamlakati armiyasi taqqoslanib, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (reytingda 2-o‘rin) va Ukraina (30-o‘rin)dan keyin kelmoqda.
O‘zbekiston armiyasi ushbu reytingga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Qozog‘iston – 53-o‘rin, Turkmaniston – 86, Qirg‘iziston – 110 va Tojikiston – 112-o‘ringa munosib ko‘rilgan.
Saytning ma'lumotlariga binoan, O‘zbekiston qurolli kuchlari ixtiyorida, 420 tank, 166 ta samolyot, 715 ta piyoda jangovar mashina, 143 dona o‘ziyurar uskuna, 880 ta artilleriya va 109 ta reaktiv artilleriya tizimlari mavjud. O‘zbekistonning yillik harbiy byudjyeti 70 millionni tashkil etadi.
Reytingni tuzishda, 50ga yaqin turli ko‘rsatkichlar e'tiborga olingan. Harbiylar va harbiy xizmatga loyiq erkaklar soni, quruqlikda, havoda va suvda harbiy harakatlar olib borish imkoniyatini beruvchi jangovar texnikalar soni shular jumlasidan. Shu bilan birga, mamlakatlarning qurol-yarog‘ xaridiga sarflashi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zahirasi hamda reyting qatnashchilarining geografik joylashuvi inobatga olingan.