Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fernando Torres «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
«Atletiko» hujumchisi Fernando Torres YeChLning chorak finalida «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
«Mag‘lubiyat uchun aybni zimmamga olaman. Lekin bizga hozir hamishagidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlov kerak.
Barchani «Visente Kalderon»da o‘tadigan javob uchrashuviga chorlayman! Olg‘a, «Atletiko»!» — deya yozadi Torres o‘z tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi o‘yinning 25 daqiqasida jamoasini oldinga olib chiqqanidan keyin 9 daqiqa o‘tib qizil kartochka oldi va maydonni erta tark etdi. Shundan so‘ng, ikkinchi taymda madridliklar 2ta gol o‘tkazib yuborishdi.