Sport | 16:59 / 06.04.2016
1220
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada 2 legioner futbolchini mashg‘ulot vaqtida chaqmoq urdi

Malayziya ichki chempionatining ikkinchi divizioni vakili «Melaka Yunayted» jamoasining mashg‘ulotlari chaqmoq tufayli to‘xtatildi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, mashg‘ulot vaqtida jamoa legionerlari darvozabon Stefan Petrovski va himoyachi Muhd Afik Azuan chaqmoqqa duchor bo‘lgan.

Ayni vaqtda Petrovski intensiv terapiya bo‘limida qolmoqda. Uning nafas olishi uchun maxsus qurilma o‘rnatilgan. Ikkinchi jabrlanuvchi Azuanning holati esa nisbatan barqaror ekani aytilmoqad.

Qayd etilishicha, voqea yuz bergan vaqtda maydonda jamoaning yana 29 nafar a'zosi bo‘lgan va ularga shikast yetmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish