Jahon | 14:41 / 06.04.2016
1634
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Ipak yo‘lining zamonaviy ko‘rinishi barpo etiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2016 yil oxirigacha yangi bitim imzolanadi.

“Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” qurilishi tashabbusi doirasida ikki mamlakat aro avtomobil aloqalar to‘g‘risidagi ushbu bitim haqida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari Vohid Ismoilov ma'lumot berdi. “Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” nashri xabar bermoqda”.

V. Ismoilovning ma'lum qilishicha, amaldagi hukumatlararo bitim 1993 yil dekabr oyida tuzilgan va va bugunga kelib ma'lum o‘zgarishlar kiritishni talab etadi.

2013 yilning sentabr oyida Bishkekda Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyati qadim zamonlarda Markaziy Osiyo orqali Sharq va G‘arb mamlakatlarini bog‘lagan Buyuk ipak yo‘li qo‘shma iqtisodiy zonasi tashabbusini bildirgan edi.

Loyihaning maqsadi imtiyozli shart-sharoitlarda Sharqdan G‘arbga to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot yetkazish uchun savdo yo‘lagini tashkil etish. Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 40 milliard dollar miqdoridagi jamg‘arma tashkil etildi.

Ushbu mablag‘ temir yo‘llar, avtotrassalar, sanoat parklari hamda energetika loyihalari yo‘lida sarf etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish