Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Qirg‘izistonda 1,1 ming megavattli GES kaskadini qurmoqchi
Xitoyning State Power Investment Corporation kompaniyasi Qirg‘iziston shimolidagi Kazarman aholi punkti hududida 4ta GESdan iborat kaskad qurishni rejalashtirgan. Bu haqida Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Oleg Pankratovning kompaniya vakillari bilan o‘tgan uchrashuvida ma'lum qilindi.
Qurilish tugagandan so‘ng Olabug‘u, To‘g‘uz-Torous va ikkita Qora-Bulun GESlarining umumiy quvvati 1,1 ming megavattga teng bo‘lishi kerak.
"Investorlar qirg‘iz gidroenergetikasi salohiyati va istiqbolini ipidan ignasigacha o‘rganib chiqqanliklarini va loyihani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi. Ular bunga kerakli hujjatlarning yaqin kunlarda taxt bo‘lishiga umid qilmoqdalar", - deb xabar beriladi Respublika vazirlar mahkamasi matbuot xizmatida.
O‘z o‘rnida Pankratov Xitoy kompaniyasi vakillarini respublika gidroenergetika sektorida salohiyatli investitsiyalarni jalb qilishga katta ahamiyat berishiga ishontirdi.
"Bugungi kunda biz ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ko‘lamini oshirish yo‘lida yangi ilg‘or g‘oyalarni amalga oshiruvchi loyihalar ustida ishlayapmiz. Bu undan-da muhim, axir elektr energiyasidan foydalanish yildan-yilga ko‘payib bormoqda", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Kazarman GES kaskadi qurilish loyihasining qiymati oshkor etilmadi.