Jahon | 14:53 / 06.04.2016
1105
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada samolyot yo‘qolib qoldi

Yaponiya janubi-g‘arbida mudofaa kuchlarining samolyoti yo‘qolib qoldi.

Kyodo agentligi ma'lumoti bo‘yicha, U-125 samolyoti radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. Qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, samolyot bortida 6 nafar odam bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish